Shomanay rayonı
Axborot-kutubxona markazi

Qoraqalpog’iston xalq shoiri O’zbekiston qahramoni I.Yusupov hámde Qoraqalpog’iston xalq yozuvchisi O’zbekiston qahramoni Toʻlepbergen Qayıpbergenovlarning tavallud kuni munosabati bilan ushrashuv kechasi bo’lib o’tdi

Qoraqalpog’iston xalq shoiri O’zbekiston qahramoni I.Yusupov hámde Qoraqalpog’iston xalq yozuvchisi O’zbekiston qahramoni Toʻlepbergen Qayıpbergenovlarning tavallud kuni munosabati bilan ushrashuv kechasi bo’lib o’tdi

Shumanay tumani Axborot-kutubxona markazida «Qaraqalpaq ádebiyatı bayterekleri» Qoraqalpog’iston xalq shoiri O’zbekiston qahramoni I.Yusupov hámde Qoraqalpog’iston xalq yozuvchisi O’zbekiston qahramoni Toʻlepbergen Qayıpbergenovlarning tavallud kuni munosabati bilan ushrashuv kechasi bo’lib o’tdi. Ushrashuvga Shumanay tumani ta’lim tizimida ko’p yillar xizmat qilgan nuroniy ustoz Turǵangúl Qayıpnazarova, nuroniy kitobxon Orınbay Eshmuratov, Ibrayım Yusupov nomidagi ijodkorlik maktabi o’qtuvchisi, shoir Baxıtlı Sarıbaev,Shumanay tumani«Shomanay nurı » gazetasi redaktori Miyrigúl Baydullaeva, Shumanay tumani MMTB ga qarashli 16- sonli maktabi o’quvchilari, 33- sonli maktab o’quvchilari, Shumanay tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o’quvchilari qatnashdi. Kechani Shumanay tumani Axborot -kutubxona markazi direktori B. Atamuratova ochib berdi. Kechada so’zga chiqqanlar I. Yusupov va T. Qayıpbergenovlarning hayot yo’li, ijodi, she’rlaridan va asarlaridan aytib, ulug’ insonlarni yodga oldi. 33- sonli maktab o’qituvchisi Mexriyban Qádirimbetova shoirning » Ómirbek laqqı » she’rin,  16- sonli maktab o’qituvchisi Demegenova Biybajar tomonidan «Ómir saǵan ashıqpan» she’ri moharot bilan ijro etildi. Ixtisoslashtirilgan maktab o’qituvchisi I.Hamidullaeva shoir va yozuvchining ijodidan hayot yo’li haqida aytib berdi. Nuroniy ustoz T. Qayıpnazarova AKM jaamotiga o’zining kitob fondidan kitoblar sovg’a etdi. Kecha maktab o’quvchilarining shoirlar qalamidan yaratilgan she’rlar va Madaniyat xodimlarining koncert dasturi bilan davom etdi.