2022-yilgi Xalqaro bolalar kitobi kuni_Uzbekiston_узб
2022-yilgi Xalqaro bolalar kitobi kuni
Bolalar va o‘smirlar adabiyoti xalqaro kengashi (International Board on Books for Young People – IBBY) tashabbusi bilan 1967-yildan buyon har yili 2-aprelda Xans Kristian Andersenning tug‘ilgan kunida bolalarda kitob o‘qishga mehr uyg‘otish va e’tiborni jalb qilish maqsadida Xalqaro bolalar kitobi kuni nishonlanadi.
Ma’lumot uchun: IBBY 1953-yilda Tsyurixda (Shveytsariya) YUNESKOning Bolalar va o‘smirlar adabiyoti bo‘yicha xalqaro kengashi tomonidan tashkil etilgan. IBBY Nizomiga muvofiq har bir davlatda Milliy shoʻba tashkil etilishi mumkin, uning asosiy maqsadi bolalar va yoshlar uchun milliy adabiyotni xalqaro miqyosda rivojlantirish va ommalashtirishga koʻmaklashish maqsadida ijodiy va ijtimoiy kuchlarni birlashtirishdan iborat.
2022-yil yanvar oyidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Respublika bolalar kutubxonasi, O‘zbekiston noshirlari va kitob savdosi milliy assotsiatsiyasi ishtirokida IBBYda Oʻzbekiston Respublikasining Milliy shoʻbasi tashkil etildi.
IBBY Milliy shoʻbalari Xalqaro bolalar kitobi kunining xalqaro tashkilotchisi (homiysi) bo‘lish imkoniyatiga ega. Tashkilotchi Davlat – IBBY ijroiya qo‘mitasi tomonidan tanlov asosida aniqlanadi. Tashkilotchi mavzuni belgilash, butun dunyo bolalariga Xabar yozish uchun mezbon mamlakatning taniqli muallifini va maxsus afishani loyihalash uchun taniqli rassomni taklif qilish huquqiga ega boʻladi. Ushbu materiallar kitob va kitobxonlikni targ‘ib qilish uchun foydalaniladi.
2022-yilgi Xalqaro bolalar kitobi kuni tashkilotchisi – IBBY Canada Milliy shoʻbasi hisoblanadi.
Canada Milliy shoʻbasi 1960-yilda tashkil etilgan. Kotibiyat Torontoda joylashgan. Shoʻba raisi – Patti Mclntosh xonim.
2022-yilgi Xalqaro bolalar kitobi kuni afishasi
2022-yilgi Xalqaro bolalar kitobi kuni afishasi muallifi – shimoliy amerikalik rassom Julie Flett.
Xabar muallifi – kanadalik yozuvchi Richard Van Kamp.
Julie Flett
Julie Flett – shimoliy amerikalik bo’lib, Kri va Metis xalqlaridani kelib chiqqan, oʻz ishlari uchun Kanadaning koʻplab mukofotlariga sazovor boʻlgan muallif va rassom. Julie bir qator kitoblar yozgan, jumladan, Amerika hind yoshlar adabiyoti mukofotining faxriy laureati hamda Boston Globe Horn adabiy mukofotiga sazovor boʻlgan «Qushlar qo’shig’i» («Birdsong») kitobi.
Uning faoliyati haqidagi sharhlar muntazam ravishda “New York Times”, “Globe and Mail” и “Publishers Weekly” kabi nashrlarda chop etiladi. Oʻn ikkita kitob,jumladan, Richard Van Campning «Kichkina sen» (“Little You”) kitobi Kanadada soʻnggi 35 yil ichida nashr etilgan boshqa kitoblar qatori 2019 va 2021 yillarda amerikalik halqlarning rasmli kitoblari toʻplamiga (toʻplam loyihasi IBBY Canada tomonidan boshqarilgan) kiritilgan.
Richard Van Kemp
(Richard Van Camp)
Richard Van Kemp – Tlicho hind xalqidan boʻlgan yozuvchi. U 26 ta kitobning muallifi, jumladan, bolalar kitoblari. 2014yilda Richard bolalar adabiyoti boʻyicha NSK Noyshtadt mukofotining hakamlar a’zosi, Julie Flett esa uning finalchi nomzodi edi. 2015-yilda Richard “Kichik sen” bolalar adabiyoti bo‘yicha R.Ross Arnett mukofoti
bilan taqdirlangan. Uning “Kapalaklar ko‘rpachasi” (Portage & Main Press) grafik romani Eysner mukofotiga nomzod bo‘lgan. 2021-yilda “Mokkasin maydoni bog’lari” (“Moccasin Square Gardens”- Fort Smitdagi raqs zalining mahalliy nomi) kitobi uchun millat xalq bolalari adabiyoti yo‘nalishida CODE Burt mukofoti bilan taqdirlandi.
Richardning Jorj Litlchild tomonidan tasvirlangan ikkita bolalar kitobi amerikalik halqlarning rasmli kitoblari toʻplamiga kiritilgan: “A Man Called Raven” («Qarg’a deb atalgan odam») and “What is the Most Beautiful Thing You Know About Horses?” (“Otlar haqida siz bilgan eng goʻzal narsa nima?”).
Shuningdek, toʻplamga Richardning Juli Flett tomonidan tasvirlangan ikkita bolalar kitobi kiritilgan.: “Welcome Song for Baby: A Lullaby for Newborns” (“Chaqaloq uchun xush kelibsiz qo’shig’i: Yangi tug’ilgan chaqaloqlar uchun beshik”) and “Little You” (“Kichkina sen”).
2022 yilgi xalqaro bolalar kitoblari kuni munosabati bilan jahon bolalariga murojaat:
«Ҳикоялар, эртаклар қанот ёзса қандай соз, Улар берган завқ ила юраклар қилар парвоз!»
Mutolaa – bu erkinlik. Mutolaa – bu nafas olmoqlikdir.
Mutolaa zavqi, ya’ni kitob o‘qish istagi Seni dunyoga boshqacha ko‘z bilan qarashga o‘rgatadi. Seni yangi va yangi olamlarga boshlaydi, va Sen bu yangi dunyolarni sira tark eta olmaysan.
Mutolaa qalbingga orzular havasini soladi.
Kitob – bizning do‘stimiz, deyishadi, darhiqaqat shunday, u do‘stlarning ham eng sadoqatlisidir.
Sen kitob o‘qiyotganingda qalbingdagi bor ezguliklar bo‘y ko‘rsatadi, o‘sadi, ulg‘ayadi va kamolatga erishadi.
Chindan ham hikoyalar, rivoyatlar – sening qanotingdir. Sen ularning yordamida bepoyon osmonlarda charx urib, o‘zingga manzur kitoblar sari talpinasan, kitoblar esa Seni o‘z qalbing, yuraging hamda aqling tomon boshlab boradilar.
Hikoyalar, rivoyatlar – bamisoli malhamdir. Ular Seni davolaydi.
Ko‘ngligga taskin beradi. Seni ilhomlantiradi. Bilimingni oshiradi.
Madomiki shunday ekan, keling barchamiz baralla.
Yashasin, hikoyanavislar, roviylaru baxshilar, o‘quvchilar hamda tinglovchilar! – deylik.
Yashasin kitoblar! – deylik. Zero, ular bizlarni davolaydi, dardlardan forig‘ qiladi. Dunyoni yanada go‘zal, yanada mukammal etadi!
Mahsi cho. Katta raxmat.
Muallif: Richard Van Kemp
Ingliz tilidan rus tiliga: Denis Beznosov tarjima qildi
Rus tilidan o‘zbek tiliga: Muhiddin Omon tarjima qildi
2020 - 2026© Shomanay rayonı Málimleme-kitapxana orayı