Shomanay rayonı
Axborot-kutubxona markazi

Uchrashuv

Uchrashuv

Shumanay tumani Axborot-kutubxona markazi boshlig‘i B.Atamuratova yosh fermerlarni qo‘llab-quvvatlash kuni munosabati bilan tumandagi «Ernazar Farxadovich» MCHJ boshqaruvchisi Farxad Dauletmuratov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda yosh fermer asosan bug‘doy yetishtirib xalqimizning dasturxonini nonga to‘ldirayotganligini, hozirgi vaqtda bug‘doydan bo‘shagan yerlarga qovun va mosh mahsulotlarini ekib tayyor mahsulotlarni xalqimiz dasturxoniga taqdim etayotganligini va xalqimiz farovonligi uchun xizmat qilishini keng tarzda aytib o‘tdi. Uchrashuv davomida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, fermerlarning jamiyatdagi o‘rni, zamonaviy texnologiyalar orqali suv resurslaridan unumli foydalanish bo‘yicha fikr almashildi. Yosh fermer o‘zi qatori bo‘sh yurgan yoshlarni dehqonchilik qilishga tavsiya qildi. Yosh fermer F.Davletmuratovga muvaffaqiyatlar tilab bo‘sh vaqtlarida kutubxonaga borib kitob o‘qish tavsiya etildi.