Shomanay rayonı
Axborot-kutubxona markazi

#MUHIM_90_KUN #Mustaqillikning_35_yilligi_yangi_O‘zbekiston_yoshlar_nigo_sida #Sog‘lom_turmush_aksiyasi

Shumanay tumani Axborot-kutubxona markazida Shumanay tumani Kelajak markazi to‘garak o‘quvchilari bilan hamkorlikda «Mustaqillikning 35 yilligi yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida» shiori ostida «Sog‘lom turmush» aksiyasi doirasida, smartfondan uzoqda bo‘lib, kitob o‘qishni targ‘ib qilish maqsadida «Zamonaviy texnologiya orqali kitob o‘qish madaniyatini rivojlantiramiz» nomli kecha tashkil etildi. Kecha davomida Axborot-kutubxona markazining elektron o‘quv zalidan foydalanish, unicat, ebsco, ProQuest saytlaridan qanday va kimlar foydalanishi mumkinligi haqida mutaxassislar tomonidan tushuntirishlar berildi, so‘ngra, smartfondan uzoqda bo‘lib kitob o‘qishga vaqt ajratish va kitob o‘qishning foydalari bo‘yicha slaydlar tayyorlanib o‘quvchilar e’tiboriga havola etildi.