Shumanay tumani Axborot-kutubxona markazining «1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni»ga bag‘ishlab «Baxtli bolalar» shiori ostida 2026-yil 20-25-may kunlari o‘tkaziladigan haftalik ish rejasiga asosan 8-sonli MTM bilan hamkorlikda «Mening sevimli o‘lkam» nomli rasm chizish tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda tarbiyalanuvchilar «Mening sevimli o‘lkam» mavzusida ota-ona, vatan, oila haqida rasmlar chizdi. Tadbirni o‘tkazishdan maqsad kelajagimiz bo‘lgan bolalarda tug‘ilgan yurtga mehr-muhabbatni uyg‘otishdir.
2020 - 2026© Shomanay rayonı Málimleme-kitapxana orayı