Shomanay rayonı
Axborot-kutubxona markazi

«Bu dunyoning ko‘rki odam bolasi» nomli adabiy kecha bo‘lib o‘tdi

«Bu dunyoning ko‘rki odam bolasi» nomli adabiy kecha bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 15 yanvardagi «Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob oıqishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 9-sonli qaroriga asosan, joriy yilning 13-17 aprel kunlari «Kitobxonlik haftaligi» o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Haftalik doirasida bugungi ochilish marosimida qoraqalpoq adabiyoti vakili Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘lining 202 yilligi munosabati bilan «Bu dunyoning ko‘rki odam bolasi» nomli adabiy kecha bo‘lib o‘tdi. Kechada Ajiniyoz bobomiz avlodlari Shamshetova Risbiyke, Eshanov Sirojatdin og‘a, tumanlik Nuranıy fondi bo‘limining boshlig‘i D.Nietullaev, tuman hokimi maslahatchisi S.Palimbetova, Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 4,16,23-sonli maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari, 13-sonli Musiqa maktabi o‘quvchilari qatnashdi. O‘quvchilar Ajiniyoz bobomizning she’rlaridan ijro etib berdi.