Shomanay rayonı
Axborot-kutubxona markazi

#XALQ DONISHMANDLIGI. #TERMA.

Jirovlar uzun dostonlarni boshlash oldidan to‘lib-toshgan hikmatli so‘zlar, o‘git-nasihat, ta’lim-tarbiya qo‘shiqlarini kuylaydi. Bu qo‘shiq «terma» deb ataladi. O‘z hajmiga ko‘ra termalar ikki turga bo‘linadi. Xalqqa o‘git-nasihat, ta’lim-tarbiya beradigan, hajmi jihatidan qisqa turi faqat «terma» deb atalsa, ma’lum bir voqeani kuylaydigan uzun turi «to‘lg‘ov» deb ham ataladi. Jirov mavzusining to‘lg‘ov turini, ya’ni tarixda nomi bor odamlar haqida paydo bo‘lgan asarlarni «tarixiy jir» deb atasak ham bo‘ladi. Chunki, jirovlar o‘z to‘lg‘ovlarida ko‘pincha tarixiy voqealarni kuylaydi.