
#BUYUKLAR_QALBIMIZDA #NAVRO‘Z_JAPAQOV
Navro‘z Japaqov 1914-yili Taxtako‘pir tumanida tug‘ilgan. Mehnat faoliyati: 1932-1942-yillar oralig‘ida adabiy xodim, so‘ngra «Yetkenshek» gazetasining muharriri, «Qizil Qoraqalpog‘iston» gazetasining bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
1942-yildan boshlab: Yoshlar qo‘mitasining birinchi kotibi, Partiya qo‘mitasining birinchi kotibi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi lavozimlarida ishlagan. 1955-yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi Prezidiumining raisi etib saylanadi.
1956-1959 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi bo‘lib ishlagan.
1959 yildan boshlab umrining oxirigacha N.Davqarayev nomidagi tarix, til va adabiyot institutida sektor rahbari bo‘lib ishladi.
Asarlari: «Shoir so‘zi,» «Baxt,» Asarlarining II-tomi, Adabiyotimiz haqida o‘ylar va h.k.
Navro‘z Japaqov 1975-yili vafot etgan.
2020 - 2026© Shomanay rayonı Málimleme-kitapxana orayı