
«Ahamiyatli 90 kun»lik reja doirasida 2025-yil iyun, iyul, avgust oylarida umumta’lim maktab o‘quvchilari, talabalar va mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Shumanay tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan kitobxon yoshlar uchun «Xalq donishmandligi» kitobida keltirilgan «Qo‘shim polvon» haqida ma’lumot berildi.Qo‘shim polvon. O‘tgan zamonlarda Qo‘shim polvon degan mashhur polvon bo‘lgan. Buni xalq «Qo‘sh barmoqli Qo‘shim! Qo‘shim polvon» – deb atagan. U har doim kurashga tushishdan oldin u o‘zining eng yaxshi ko‘rgan kuyini chalar ekan. Dutor chalib bo‘lib kurashga tushganda polvonlarni yiqitadigan bo‘lgan. Shunday qilib Qo‘chim polvonning kurashga tushish oldidan chertadigan kuyi «Qo‘chim polvon kuyi» – deb atalib ketgan deyiladi.
2020 - 2026© Shomanay rayonı Málimleme-kitapxana orayı