Shumanay tumani Axborot-kutubxona markazida Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 33-sonli maktab o’quvchilari va 13-sonli J.Bazarov nomidagi Bolalar musiqa maktabi o’quvchilari bilan birgalikda O’zbekiston xalq shoiri, mehnat faxriysi Zulfiya Isroilovaning tavalludining 110 yilligi munosabati bilan «O’zbek ayoli timsoli» nomli adabiy kecha bo’lib o’tdi. Kechada Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Z.Isroilovaning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berildi. Kecha musiqa maktabi o’quvchilarining koncert dasturi bilan davom etdi.

2020 - 2026© Shomanay rayonı Málimleme-kitapxana orayı