Farzand inson hayoti, bizning kelajagimizdir. Inson farzandim deb yashaydi. Farzandini tarbiyalab Vatan uchun kerakli inson bo’lishini hoqlaydi. Mamlakatimizda bolalarga katta eʼtibor qaratilmoqda Shumanay tumani Axborot-kutubxona markazida «1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» munosabati bilan “Ǵárezsiz eldiń perzentleri” nomli haftalik bo’lib o’tmoqda. Haftalikning 4-kuni Axborot kutubxona markazi va Shumanay tumani Oila va qotin-qizlar bo’limi bilan birgalikda “Tárbiya shańaraqtan baslanadı” nomli MSHMTB ga qarashli MTM tarbiyalanuvchilari va ularning ota-onalari o’rtasida tanlov tashkillashtirildi. Tanlov g’oliblari va ishtirokchilar Shumanay tumani Axborot- kutubxona markazi tomonidan, Oila va qotin-qizlar bo’limi, Respublika Ma‘naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’limi tomonidan «Faxriy yorliq» va sovg’alar bilan taqdirlandi.

2020 - 2026© Shomanay rayonı Málimleme-kitapxana orayı