Shumanay tumani Axborot-kutubxona markazi, Madaniyat markazi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli Barkamol avlod bolalar maktabi qo‘shma rejasiga asosan Qoraqalpog‘iston va O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni I.Yusupov hamda Qoraqalpog‘iston va O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekiston Qahramoni To‘lepbergen Qayipbergenovlarning tavallud kunlari munosabati bilan «Qoraqalpoqning ko‘ngil qushi sayrasa» nomli adabiy kecha bo‘lib o‘tdi. Kecha Prezident Administratsiyasi ishchi guruhi a’zosi Sh. Bahromov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Shumanay tumani Xalq qabulxonasi mudiri E. Abdurahmonov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Shumanay tumani bo‘limi mudiri I. Allaniyazov hamda Madaniyat markazi mutaxassislari, ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari Barkamol avlod bolalar maktabi to‘garak o‘quvchilari ishtirok etdi. Kechada so‘zga chiqqanlar I.Yusupov va T.Qayipbergenovlarning hayoti va ijodi haqida so‘zlab berdi. O‘quvchilar tomonidan shoirning she’rlaridan parchalar keltirilib, T.Qayipbergenovning asaridan sahna ko‘rinishi qo‘yib berildi. Kecha Madaniyat markazi mutaxassislari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.

2020 - 2026© Shomanay rayonı Málimleme-kitapxana orayı