Shomanay rayonı
Axborot-kutubxona markazi

«Biz tabiyatning bir qismimiz» mavzusida uchrashuv kechasi bo‘lib o‘tdi.

«Biz tabiyatning bir qismimiz» mavzusida uchrashuv kechasi bo‘lib o‘tdi.

Shumanay tumani Axborot-kutubxona markazi, Ekologiya partiyasi, MT va MTTga qarashli 33-sonli maktab o‘quvchilari bilan hamkorlikda 5-iyun Xalqaro atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan «Biz tabiyatning bir qismimiz» mavzusida uchrashuv kechasi bo‘lib o‘tdi. Kechada o‘quvchilarga tuman Ekologiya partiya bo‘limi boshlig‘i A.Amedova tabiatni muhofaza qilish, atrof-muhitni toza saqlash, ona tabiatimizni asrab-avaylash, unga mehr berib g‘amxo‘rlik qilish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ekologik madaniyatga o‘rgatish asosiy vazifalardan biri ekanligini aytib o‘tdi. 5-iyun «Xalqaro atrof-muhitni muhofaza qilish» kuniga bag‘ishlab Shumanay tumani Axborot-kutubxona markazida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.