Shumanay tumani Axborot-kutubxona markazining 13-17-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan «Kitobsevar millat» shiori ostida VI Respublika «Kitobxonlik haftaligi»ning ish rejasiga asosan, Shumanay tumani Texnikumi o‘quvchilari o‘rtasida «Kitobdan boshlanar olam» nomli intellektual o‘yini tashkil etildi. Intellektual o‘yinda 35-24 guruhi o‘quvchilarining «Lider» guruhi birinchi o‘rinni, 44-25 guruhi o‘quvchilarining «Massaget» guruhi ikkinchi o‘rinni, 36-24 guruhi o‘quvchilarining «To‘maris» guruhi uchinchi o‘rinlarni egallab faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
2020 - 2026© Shomanay rayonı Málimleme-kitapxana orayı