Shomanay rayonı
Axborot-kutubxona markazi

«Yozuvchi, shoir va kitobxon» mavzusida uchrashuv kechasi bo‘lib o‘tdi.

«Yozuvchi, shoir va kitobxon» mavzusida uchrashuv kechasi bo‘lib o‘tdi.

Shumanay tumani Axborot-kutubxona markazining 13-17-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan «Kitobsevar millat» shiori ostida VI Respublika «Kitobxonlik haftaligi»ning ish rejasiga asosan «Berdaq» nomidagi davlat mukofoti laureati, «Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi,» O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Muratbay Nizanovning 75 yoshga to‘lishi munosabati bilan «Yozuvchi, shoir va kitobxon» mavzusida uchrashuv kechasi bo‘lib o‘tdi.Uchrashuv kechasiga Nuroniy kitobxonlar D.Nietullayev, Q.Navro‘zov, Z.Eshonov, K.Aytmuratov, «Shumanay nuri» gazetasi muharriri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi M.Baydullayeva, 13-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi, Madaniyat bo‘limi, «Kelajak markazi,» Ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 4-7-16-sonli maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari qatnashdi.

Kechada yozuvchi o‘zining ijodi, kino va noshirlik sohasidagi xizmatlari haqida so‘z yuritdi.So‘ng so‘zga chiqqanlar yozuvchi, shoirning ijodiy yo‘llari, o‘z xalqining asrlar davomida shakllangan urf-odatlari, an’analarini chuqur his qilishi va tarbiyaviy ahamiyati kuchli asarlari bilan tanilgan inson ekanligi haqida so‘z yuritdi.Kecha Madaniyat bo‘limi xodimlari, 13-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi, «Kelajak markazi» to‘garagi o‘quvchilarining tayyorlab kelgan konsert dasturlari bilan davom etdi.