
#A_A_BLOK #KITOB_KO‘RGAZMASI Shumanay tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan rus adabiyotining ko‘zga ko‘ringan shoiri, she’r, drama va bir necha esselar muallifi A.A.Blokning (1880-1921) – 145 yilligi munosabati bilan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. A.A. Blok Rossiya madaniyatida o‘chmas iz qoldirdi. Blokning hayoti va ijodini, uning rus adabiyoti va madaniyatiga qo‘shgan hissasini, shuningdek, qoldirgan adabiy meroslarini avlodlari hozirgi kungacha sevib o‘qiydi. Aleksandr 1880-yil 28-noyabrda Rossiya imperiyasining Sankt-Peterburg shahrida dunyoga kelgan. Uning qalamidan bir qancha asarlar yaratilgan.
2020 - 2026© Shomanay rayonı Málimleme-kitapxana orayı