


#USTOZ_UMR_BOG‘BONI
Shumanay tumani Axborot-kutubxona markazida 1-oktyabr «O‘qituvchilar va murabbiylar kuni» bayrami munosabati bilan «Ustoz umr bog‘boni» mavzusida uchrashuv kechasi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi Irina Hamidullayeva, maktab o‘quvchilari va «Kitobsevarlar klubi» a’zolari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida ustoz o‘zining mehnat yo‘li, erishgan yutuqlari haqida so‘zlab berdi. Maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi alohida zavq bag‘ishladi.
2020 - 2026© Shomanay rayonı Málimleme-kitapxana orayı