#YASHIL_MAKON #KITOB_ORQALI_EKOLOGIYA
Insoniyat paydo bo‘lgan davrdan boshlab tabiat bilan chambarchas aloqada bo‘lib undan o‘ziga kerakli oziq-ovqatni, kiyim-kechakni, qurilish materiallarini ishlab chiqargan. Inson tomonidan yaratilgan barcha boyliklar ham tabiatga kiradi. Odamlarning o‘zi ham tabiatning bir qismidir. Inson o‘z hayoti uchun zarur bo‘lgan narsalarni jonli va jonsiz tabiat jismlaridan oladi. Tabiat bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishning odamlarga ta’siri juda kuchli. U odamlarda kamtarlik kabi eng yaxshi tuyg‘ularni uyg‘otadi. Shuning uchun ham yoshlarni tabiatga mehr-muhabbat bilan qarashga, unga munosabatda bo‘lishga, jonli mavjudotlarga g‘amxo‘rlik qilishga va boshqalarga o‘rgatish bizning xalqimizning katta tarbiyaviy ahamiyatga ega urf-odatlaridan biridir.

2020 - 2026© Shomanay rayonı Málimleme-kitapxana orayı