Shumanay tumani Axborot-kutubxona markazida “Davlat tili haqida”gi Qoraqalpog’iston Respublikasi Qonunining qabul qilingan kuniga o’ttiz to’rt yil to’lishi munosabati bilan “Martabang baland bo’lsin, ona tilim!” nomli haftalik tashkillashtirildi. Ushbu munosabat bilan haftalikning ikkinchi kunida Berdaq G’arg’abay o’g’ilining 196 yilligi munosabati bilan «Bul qálbime tuwrılıqtıń nurın ber» nomli adabiy kecha bo’lib o’tdi. Kechaga tumanning MMT qarashli 23-sonli maktab o’quvchilari ishtirok qilishdi. Kechada Berdaq G’arg’abay o’g’ilining hayoti va ijodi haqida keng turda tushunchalar berildi. Song so’zga MMT qarashli 23-sonli maktabining MMIBDO M. Jumabaeva shoir bobomiz Berdaq G’ag’bay o’g’ilining 196 yilligi bilan tabriklab, shoirning adabiy meroslarini o’qib borishni taklif etdi. Kecha davomida o’quvchilar shoirning qo’shiqlaridan parchalar keltirdi. Kecha o’quvchilar tomonidan tayyorlangan koncert bilan davom etti.

2020 - 2026© Shomanay rayonı Málimleme-kitapxana orayı