«O‘zbekiston – kitobxonlar yurti» shiori ostida V Respublika «Kitobxonlik haftaligi»ning rejasiga asosan 25-aprel kuni Axborot-kutubxona markazi va Madaniyat bo‘limi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist va Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, jurnalist, shoira, «Ayqulaq» teleko‘rsatuvi boshlovchisi Altıngul O’teniyazovaning 60 yoshga to‘lishi munosabati bilan «Ańlattıń maǵan» nomli uchrashuv kechasi bo‘lib o‘tdi. Kechada Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi boshlig‘i I.Allaniyazov, «Shomanay nuri» gazetasi muharriri M.Baydullayeva, Madaniyat bo‘limi boshlig‘i A.Begjanova, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist va Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi jurnalist, shoira A.O‘teniyazova, tuman Kengashi deputati Q.Navro‘zov, nuroniy kitobxon K.Aytmuratov, Madaniyat bo‘limi, Barkamol avlod bolalar maktabi, Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 1-16-23-33-sonli maktablarning o‘qituvchi va o‘quvchilari, maktab kutubxonachilari ishtirok etdi.Kechada so‘zga chiqqanlar Respublika gazeta-jurnallarida o‘tkir mazmunli maqolalari, publitsistik asarlari, ocherklari bilan ko‘zga tushgan shoir haqida iliq fikrlarini bildirib o‘tdi. Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 16-sonli maktab o‘qituvchisi B.Demegenova shoirning tarjimayi holi va ijodi haqida ma’ruza qildi. Kecha Madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan shoirning qanotli she’rlaridan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.


2020 - 2026© Shomanay rayonı Málimleme-kitapxana orayı